Daryo

O‘zbekistonning barcha hududlarida hafta o‘rtasida harorat pasayadi

Ish haftasi uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi

1 daqiqa o‘qish11 420 ko‘rishlar0 izoh0

Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududiga janubdan yana quruq va issiq havo kirib keladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prognozlarga ko‘ra, 23—25-iyun kunlari havo harorati kunduz kunlari 38-41 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 42-44 darajagacha ko‘tariladi. Bu kunlarda respublika bo‘yicha asosan kam bulutli va quruq ob-havo kuzatiladi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Navoiy viloyati shimolida 24—25-iyun kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 25-iyunda harorat 26-31 darajagacha pasayadi.

Payshanba kuni respublikaning barcha hududlarida haroratning pasayishi kuzatiladi. Hududning katta qismida harorat 30-35 daraja atrofida bo‘ladi.

Juma kuni harorat biroz ko‘tariladi va 33-36 darajani, ba’zi joylarda 38 darajani tashkil etadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda, 25—26-iyunda ayrim joylarda 20-22 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

23-iyunda Farg‘ona vodiysining ayrim tog‘li hududlarida, 26-iyunda respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Toshkentda asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 23—25-iyun kunlari harorat asosan kunduzi 38-41 daraja bo‘ladi, 26-iyunda 31-33 darajagacha pasayadi, 27-iyunda 34-36 daraja bo‘ladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi jazirama issiqdan himoyalanish uchun aholiga qator tavsiyalar berib, iloji boricha soat 10:00 dan 17:00 gacha tik tushadigan quyosh nurlari ostida bo‘lmaslikni so‘ragandi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi yozning jaziramasida qanday kiyinish kerakligi bo‘yicha bir necha tavsiyalar bergandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar