Daryo

Eldor Shomurodov Turkiya Superligasiga yo‘l olmoqda — manba

Futbolchi Istanbul klubining taklifiga ijobiy munosabatda bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish26 643 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston terma jamoasi sardori va “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov 2025/26-yilgi mavsum Turkiya Superligasida to‘p surishi mumkin. Turkiyaning Gazetaarena nashri xabariga ko‘ra, 29 yoshli futbolchiga Istanbulning “Bashakshehir” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Foto: Getty Images

Manbada ta’kidlanishicha, Shomurodovni Turkiyaning boshqa nomdor klublari — “Galatasaroy”, “Fenerbahche”, “Beshiktosh” va “Trabzonspor” ham o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Ammo aynan “Bashakshehir” o‘zbekistonlik futbolchi bilan shartnoma imzolashga eng yaqin turibdi.

Turkiyalik insayderning ma’lum qilishicha, futbolchi “Bashakshehir”ning taklifini ijobiy qabul qilgan;

Shomurodov haqida bilasizlar, o‘tgan yillar davomida uning nomi “Galatasaroy” bilan ko‘p bog‘langan edi. Hozir esa “Bashakshehir” unga rasmiy taklif yubordi va uni o‘z safiga qo‘shib olishni xohlamoqda. Uchrashuv ham bo‘lib o‘tdi. Futbolchi taklifga yaxshi munosabatda bo‘lgan va Turkiyada to‘p surishga ham ijobiy qarayapti, deydi insayder Sporte Digitale nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Roma” yozgi transfer oynasida Shomurodovni sotishga qaror qilgan, chunki uning shartnomasi kelasi mavsum yakunlanadi va klub uning sotuvidan maksimal foyda ko‘rishni maqsad qilmoqda.

Avvalroq futbolchiga MLS’dagi bir qator klublar ham qiziqish bildirayotgani hamda nomi oshkor qilinmagan jamoaning Shomurodov uchun taklif yuborgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Shomurodov 2024/25-yilgi mavsumda “Roma” safida 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 5 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar