Daryo

Eldor Shomurodov yaqin vaqt ichida “Bashakshehir” bilan shartnoma imzolaydi — manba

Hujumchi allaqachon Istanbulga yetib borgani aytilmoqda

1 daqiqa o‘qish5 841 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston terma jamoasi sardori va Rimning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Istanbulning “Bashakshehir” klubi bilan shartnoma imzolash uchun Turkiyaga yetib bordi. Bu haqda jurnalist Yakub Chinor o‘zining X (sobiq Twitter) sahifasida ma’lum qildi. 

Foto: Roma-Press

Manbaga ko‘ra, Shomurodov ayni paytda Istanbulda bo‘lib turibdi. U klub bilan har tomonlama kelishuvga erishgan, yaqin kunlarda rasmiy shartnoma imzolanishi kutilmoqda.

Avvalroq Turkiyaning Gazetaarena nashri “Bashakshehir” Eldorga jiddiy qiziqish bildirayotgani borasida xabar tarqatgan edi.

Rim klubi futbolchining ketishiga qarshilik bildirmayapti. Chunki Shomurodovning “Roma” bilan shartnomasi 2026-yilning yozida yakunlanadi. Shu bois klub uni erkin agent sifatida jamoadan ketishini istamay, uni transferga qo‘ygan.

“Bashakshehir” ushbu mavsum jamoani kuchaytirishni maqsad qilgan. Transfermarkt nashriga ko‘ra, klub nafaqat Shomurodov, balki o‘zbekistonlik boshqa futbolchi — Abbosbek Fayzullayev uchun ham taklif bilan chiqqan. Shuningdek, Istanbul klubi “Qosimposhsho”dan Nunu da Kostani ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. 

Ma’lumot uchun, Shomurodov 2024/25-yilgi mavsumda “Roma” safida 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 5 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar