Daryo

“Toshkent-Sharqiy” aeroportida yuqori martabali mehmonlar hamda biznes-aviatsiya uchun ikkita terminal qurilmoqda

Shavkat Mirziyoyev “Toshkent-Sharqiy” aeroporti qurilishini ko‘zdan kechirdi

1 daqiqa o‘qish5 218 ko‘rishlar0 izoh0

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-iyun kuni “Toshkent-Sharqiy” aeroporti qurilishini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mamlakat ravnaq topib, jozibadorligi oshgani sari tashqi aloqalar, investitsiyalar oqimi ko‘payib boradi. Shunday iqtisodiy o‘sish surʼatini inobatga olib, yurtimizda transportning barcha tarmoqlari rivojlantirilmoqda. Bu, o‘z navbatida, yana ishbilarmonlik aloqalari jadallashishiga sharoit yaratmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Jumladan, “Toshkent-Sharqiy” aeroporti ham qayta qurilmoqda. Avvalo 4 kilometr uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi yangilanib, eng og‘ir samolyotlarni ham qabul qilish quvvatiga ega bo‘ldi. Hozirgi kunda yuqori martabali mehmonlar hamda biznes-aviatsiya uchun 2 ta terminal, perron va angarlar barpo etilmoqda. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Aeroport noqulay ob-havo sharoitlarida ham uchish-qo‘nishni taʼminlovchi ICAO III-A toifasidagi ilg‘or radiotexnika va meteorologiya uskunalari bilan jihozlanadi. Yopiq angarlarda samolyotlar soz va xavfsiz saqlanishi uchun zamonaviy sharoitlar taʼminlanadi.

Eng muhimi, qulay joylashuvi bilan aeroport poytaxt va Yangi Toshkent shahri uchun istiqbolli bandargoh, Toshkent viloyatining turizm salohiyatida qo‘shimcha afzallik bo‘ladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari aeroportning texnik imkoniyatlari, terminallarning dizayniga oid taqdimot bilan tanishdi. Qurilishni jadallashtirish, investorlarga sharoit yaratish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar