Daryo

O‘zbekistonda jazirama issiq qachon pasayishi ma’lum qilindi

Hafta boshida juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kuchayadi, kechalari ham havo dim bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish25 101 ko‘rishlar0 izoh0

Ushbu hafta boshidan O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kuchayadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

16—17-iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17—19-iyunda O‘zbekistonning qolgan hududlarida havo harorati kunduz kunlari 40-42 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 43-44 darajagacha ko‘tariladi.

Kechalari ham havo dim bo‘ladi. Faqat ertalabki soatlarda harorat biroz 24-27 darajagacha pasayadi.

Hafta oxirida harorat biroz pasayadi, hududning katta qismida kunduzgi havo harorati 35-38 daraja, janubda 39-41 daraja atrofida bo‘ladi. Shu kunlarda O‘zbekiston bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi.

16—18-iyun kunlari shimolda va cho‘l hududlarda, 19-21-iyunda respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Tog‘li hududlarda 20-iyun kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi.

Toshkentda asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat bugun kunduzi 36-38 daraja, 17-19-iyunda 38-41 darajagacha, 20-iyunda 35-37 daraja bo‘ladi.

“O‘zgidromet” tezkor gidrometeorologik axborotida 16—19-iyun kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilayotganini ma’lum qilgandi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi yozning jaziramasida qanday kiyinish kerakligi bo‘yicha bir necha tavsiyalar bergandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar