Daryo

Hindiston aviatsiya regulyatori Air India kompaniyasining barcha Boeing 787 samolyotlarini tekshirishni buyurdi

Kuchaytirilgan nazorat choralari 2025-yil 15-iyundan boshlab joriy etiladi

1 daqiqa o‘qish5 352 ko‘rishlar0 izoh0

Hindiston aviatsiya regulyatori (DGCA) Air India aviakompaniyasining GEnx dvigatellari bilan jihozlangan barcha Boeing 787-8 va 787-9 samolyotlari parkini kuchaytirilgan xavfsizlik tekshiruvidan o‘tkazish to‘g‘risida buyruq chiqardi. Bu DGCA bayonotidan ma’lum qilindi.

Foto: AIR India

Hujjatga ko‘ra, kuchaytirilgan nazorat choralari 2025-yil 15-iyundan boshlab joriy etiladi.

Hindistondan har bir parvozdan oldin laynerlarni tekshirish yoqilg‘i va tegishli tizimlar parametrlarini tekshirish, kabina kompressori va uning tizimlarini ko‘zdan kechirish, dvigatelni boshqarish tizimini elektron diagnostika qilishni o‘z ichiga olishi kerak. Bundan tashqari, dvigatelning yonilg‘i aktuatorini (bosimni tartibga soluvchi element) sinovdan o‘tkazish, moylash tizimini va gidravlik tizimning sozligini tekshirish hamda uchish parametrlarini tahlil qilish zarur bo‘ladi.

Buyruqda qayd etilishicha, yaqin ikki hafta ichida dvigatellar quvvatini tekshirish qo‘shimcha ravishda joriy etiladi. Shuningdek, DGCA Boeing 787-8 va 787-9 samolyotlarida so‘nggi 15 kun ichida qayd etilgan texnik nosozliklarni tahlil qilishni imkon qadar tezroq yakunlashni topshirgan.

12-iyun kuni Londonga AI171 reysini bajarayotgan Boeing 787 havoga ko‘tarilishi bilanoq turar-joy hududiga qulab tushdi. Uning bortida 242 kishi - 230 yo‘lovchi va 12 ekipaj a’zosi bo‘lgan. Halokat oqibatida faqat bir kishi omon qoldi, bortdagi qolgan yo‘lovchilar, ekipaj a’zolari va bort kuzatuvchilari halok bo‘ldi. Bundan tashqari, yerda ham qurbonlar bor, chunki samolyot talabalar yotoqxonasi tomiga quladi - jami 310 kishi halok bo‘ldi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar