Daryo

Eron oliy rahbari Isroilning zarbalarini urush e’loni deb atadi

Xomanaiy o‘z murojaatida Isroilning Eron harbiy va yadroviy obyektlariga hujumini nazarda tutib, “sionistik rejim katta xato va aqlsizlarcha ish qilganini” bildirgan

1 daqiqa o‘qish10 242 ko‘rishlar0 izoh0

Isroil rahbariyati Eronga qarshi “urush boshladi”, Eron Islom Respublikasi esa uni jazolanmasdan qoldirishga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda Eron Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Tasnim News Agency.

Foto: Tasnim News

Ma’lum qilinishicha, 13-iyundagi hujumlardan so‘ng Eron Isroilga qarshi operatsiya e’lon qildi. U “Haqiqiy va’da 3” deb nomlandi.

Eron Oliy rahbari Ali Xomanaiy IRIB davlat televideniyesi orqali murojaat yo‘lladi. U o‘z murojaatida Isroilning Eron harbiy va yadroviy obyektlariga hujumini nazarda tutib, “sionistik rejim katta xato va aqlsizlarcha ish qilganini” bildirdi. Shuningdek, u Isroilning Eronga bergan zarbalarini “urush e’loni” deb atagan.

“Hamma Isroilga qarshi kuch ishlatish kerak deb hisoblaydi. Kuch ishlatish. Va kuch ishlatiladi... Ular zarba berib, ish shu bilan tugaydi deb o‘ylashmasin. Ular buni boshlashdi. Urushni ular boshlashdi. Biz ularning o‘sha yovuzligidan keyin omon qolishiga yo‘l qo‘ymaymiz”, dedi Ali Xomanaiy.

Shuningdek, Eron Oliy rahbari qurolli kuchlar kuch ishlatish bilan harakat qilishini va munosib bo‘lmagan sionistik rejimni baxtsiz ahvolga solishini, bundan keyin zarar ko‘rmasdan qolishiga yo‘l qo‘yilmasligini aytgan.

13-iyun kuni kechqurun Eron Isroilga ballistik raketalar bilan ommaviy hujum uyushtirdi. Tel-Aviv va Quddusda portlashlar bo‘ldi. Ushbu hujum tufayli yetkazilgan zarar va jabrlanganlar haqida allaqachon ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Eronning Isroilga qarshi amalga oshirgan to‘rt bosqichli raketa hujumi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi va kamida 70 kishi jarohat oldi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar