Daryo

HAMAS hujumi oqibatida G‘azo gumanitar jamg‘armasi xodimlari halok bo‘ldi

HAMAS bu ayblovga javob bermagan

1 daqiqa o‘qish4 345 ko‘rishlar0 izoh0

G‘azoda 11-iyun kuni avtobusga hujum uyushtirilishi oqibatida ko‘plab G‘azo gumanitar jamg‘armasi (G‘GJ) xodimlari halok bo‘lgani aytilmoqda. Bu haqda CNN xabar berdi.

Foto: Sky News

Bu harakatda AQSH va Isroil tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan gumanitar yordam tashkiloti HAMAS’ni ayblamoqda. HAMAS esa hozircha ayblovlarga javob bermagan. Xodimlar Xon Yunusning g‘arbiy qismidagi tarqatish markaziga yo‘l olgani aytilgan. G‘GJ yigirmadan ortiq jamoa a’zolari bo‘lgan avtobus mahalliy vaqt bilan soat 22:00 atrofida HAMAS tomonidan hujumga uchraganini ma’lum qilgan.

“Biz hali ham faktlar yig‘yapmiz, ammo bilganlarimiz dahshatli: kamida 5 kishi halok bo‘lgan, ko‘pchilik jarohatlangan va ba’zilar garovga olingan bo‘lishi mumkinligidan qo‘rqyapmiz”, deyiladi G‘GJ bayonotida.

G‘GJ HAMASni so‘nggi kunlarda tashkilotga bir necha bor tahdid qilganlikda ayblagandi. 8-iyun kuni HAMAS ommaviy axborot vositalari orqali “dushman, jinoyatchi yoki xoinlar bilan hamkorlik qilayotgan har qanday tuzilma yoki shaxsga qarshi qat’iy zarba berish uchun to‘liq vakolat va mandatga ega”ligini aytgandi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar