Daryo

Isroil G‘azoda politsiya nazorat punktlariga aviazarba berdi, olti kishi halok bo‘ldi (video)

Hujum HAMAS boshqaruvidagi politsiya kuchlarining ikkita nazorat-o‘tkazish punktiga yo‘nalatirildi.

1 daqiqa o‘qish4 119 ko‘rishlar0 izoh1

G‘azo sektorida HAMAS boshqaruvidagi politsiya kuchlarining ikkita nazorat-o‘tkazish punktiga Isroil tomonidan berilgan havo zarbalari oqibatida kamida olti nafar falastinlik halok bo‘ldi.

Hujum AQSH vositachiligida tuzilgan va besh oydan ortiq vaqt davom etayotgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga qaramay sodir etilgan navbatdagi zo‘ravonlik ko‘rinishidir. Tibbiyot xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, Isroil harbiy samolyotlari G‘azo sektorining janubidagi Xon Yunis shahrida joylashgan ikkita politsiya postiga hujum qilgan.

Hodisa oqibatida uch nafar politsiyachi va uch nafar tinch aholi vakili (shu jumladan, bir nafar qizaloq) hayotdan ko‘z yumgan. Yana to‘rt kishi turli darajadagi jarohatlar olgan. Isroil harbiylari hozircha ushbu so‘nggi zarbalar yuzasidan rasmiy izoh bermadi.

Mahalliy sog‘liqni saqlash idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida HAMAS bilan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirganidan buyon Isroil harbiylari G‘azoda 680 dan ortiq falastinlikni o‘ldirgan.

Umuman olganda, 2023-yil oktyabr oyida urush boshlanganidan beri halok bo‘lganlar soni 72 000 nafardan oshib ketdi. Bugungi kunda Isroil AQShH bilan birgalikda Eronga qarshi urush olib bormoqda, shuningdek, “Hizbulloh”ga qarshi yangi kampaniya doirasida Livan janubiga bostirib kirgan.

“G‘azoda zo‘ravonliklar o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga va Isroilning Eron bilan urushiga qaramay davom etmoqda. Mintaqadagi rasmiylarga ko‘ra, Eron bilan mojarolar boshlangan bir oy ichida Isroil kuchlari tomonidan kamida 50 nafar falastinlik o‘ldirilgan”, deyiladi xabarda.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar