Daryo

O‘zbekistonda bir oylik harbiy xizmat to‘lovi 10 foiz oshiriladi

To‘lov miqdori qanchaga yetishi maʼlum bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish41 651 ko‘rishlar0 izoh1

Respublikada joriy yil 1-avgustdan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 10 foiz oshirilib, 1 mln 271 ming so‘mga yetkazildi. Bu o‘zgarish safarbarlik chaqiruv rezervi (1 oylik harbiy xizmat) to‘loviga taʼsir qiladi.

Infografika: “Daryo” / Dilbek To‘rayev

Safarbarlik chaqiruv rezervi to‘lov badali bevosita mehnatga haq to‘lashdagi eng kam miqdorning 7 barobariga teng. Demak, avgustdan bir oylik harbiy xizmat haqi hozirgi 8 mln 85 ming so‘mdan 8 mln 897 ming so‘mga oshiriladi.

O‘zbekistonda 2019-yildan boshlab mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori joriy etilgan. Mazkur to‘lov miqdori oshirilgani sari bir oylik harbiy xizmat narxlari quyidagicha o‘zgargan:

  • 2019-yil — 4 mln 40 ming so‘m;
  • 2020-yil — 4 mln 755 ming so‘m;
  • 2021-yil — 5 mln 754 ming so‘m;
  • 2022-yil — 6 mln 440 ming so‘m;
  • 2023-yil — 6 mln 860 ming so‘m;
  • 2024-yil — 8 mln 85 ming so‘m.

Safarbarlik chaqiruv rezervi safiga qabul qilinganlardan pul badallari biryo‘la yoki bir yil mobaynida bo‘lib to‘lash orqali olinadi. Mazkur mablag‘lar Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablag‘lari” maxsus hisobraqamida jamlanadi. Pullar muddatli harbiy xizmatchilarga nafaqa to‘lash, vazirlik moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilari taʼminotiga yo‘naltiriladi.

Fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga 27 yoshga to‘lgunga qadar olinadi. Ular xizmatni o‘tash davrida oylik harbiy yig‘inlarga, favqulodda vaziyatlar yoki O‘zbekistonga qarshi qurolli tajovuz ro‘y bergan taqdirda haqiqiy harbiy xizmatga jalb qilinishi mumkin.

Farg‘onadanman. Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlaganman. “Daryo”da 2022-yildan beri muxbirman. Iqtisodiy-siyosiy voqealarni yoritib boraman. Yoqtirgan kinolarimdan biri — “Shoushenkdan qochish”. Oxirgi o‘qilgan kitoblardan iqtisodchi olimlar Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Robinson hammuallifligidagi “Mamlakatlar tanazzuli sabablari…” kitobi yoqdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar