Daryo

Sudanda BMTning besh nafar xodimi aviahujumda halok bo‘ldi

Ular yordam ortilgan karvonda ketayotganida hujumga uchragan

1 daqiqa o‘qish2 284 ko‘rishlar0 izoh0

Birlashgan Millatlar Tashkilotining urushdan vayron bo‘lgan Sudanning al-Fasher shahriga yordam olib ketayotgan karvoniga hujum uyushtirildi. Oqibatda 5 nafar odam halok bo‘lgan. Bu haqda BBC xabar berdi.

Foto: BBC

BMT hujum qanday sodir bo‘lgani haqida bayonot bermagan, biroq zudlik bilan tergov o‘tkazish va aybdorlarni javobgarlikka tortishga chaqirgan. Yordam oziq-ovqat va bolalar agentliklarining 15 ta yuk mashinasidan iborat bo‘lib, ocharchilikdan aziyat chekkan al-Fasherga ketayotgan edi.

Hujumdan so‘ng “al-Koma” favqulodda vaziyatlar bo‘limi mahalliy ko‘ngilli qutqaruvchilar guruhi Facebook ijtimoiy tarmog‘ida yonib ketgan yuk mashinasi videosini joylashtirgan. Guruh hujumda Sudan armiyasini ayblamoqda. Guruhga ko‘ra, 1-iyun kuni Sudan armiyasi harbiy samolyotlari shaharga havo hujumlari uyushtirishi oqibatida kamida 89 kishi halok bo‘lgan yoki yaralangan. Mamlakat armiyasi bu ayblovga javob bermagan.

Tezkor yordam kuchlari (TYK) tomonidan nazorat qilinadigan al-Koma ilgari harbiylashtirilgan guruh va armiya o‘rtasidagi ziddiyatda tez-tez hujumlar nishoniga aylangan. Shaharga uyushtirilgan hujumlar tinch aholining o‘limiga va asosiy infratuzilmaga zarar yetkazgan. Sudandagi fuqarolar urushidagi ikki tomon — harbiylashtirilgan TYK va muntazam armiya bir-birini BMT karvoniga dronlar bilan zarba berishda ayblab kelmoqda.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar