Daryo

Belgiya urushga tayyorgarlikni boshladi

Mamlakat qurolli kuchlarga 36 mlrd yevro sarmoya kiritmoqda

1 daqiqa o‘qish6 626 ko‘rishlar0 izoh0

Belgiya xalqaro vaziyat fonida urushga tayyorgarlik choralarini ko‘rmoqda. Hukumat qurolli kuchlarga 36 milliard yevro sarmoya kiritishini ma’lum qilgan. Bu haqda belgiyalik nashrga tayanib Top War xabar berdi.

 
Foto: Getty Images

Hukumat dastlab harbiy xarajatlarni yalpi ichki mahsulotning 2 foizigacha oshirishini, keyin esa qurolli kuchlarni kengaytirishni boshlashini maqsad qilgan. Bu qaror aviatsiya, havo hujumidan mudofaa va quruqlikdagi qo‘shinlarni qamrab oladi.

Quruqlikdagi qo‘shinlarga 10 milliard yevro ajratiladi. Aviatsiyaga investitsiyalar 21 ta F-35 samolyotini sotib olishni o‘z ichiga oladi. Natijada ushbu aviatexnika soni 55 taga yetkaziladi. Yevropa ma’lumotlarni boshqarish tizimiga ham 5 milliard yevro sarmoya kiritish rejalashtirilgan.

Investitsiyalar, 10 ta NASAMS havo hujumidan mudofaa tizimlari, shuningdek, Polshada ishlab chiqarilgan 300 ta Piorun uchirish qurilmalari va Sky Guardian dronlarini sotib olishni qamrab oladi. Qo‘shimcha fregat sotib olish ham ko‘zda tutilgan.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar