Daryo

Qamchiq dovonida yuk mashinasi va Gentra xandaqqa tushib ketdi

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q

1 daqiqa o‘qish5 738 ko‘rishlar0 izoh0

Qamchiq dovonida 24-may kuni soat 10:15 larda Howo rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: FVV matbuot xizmati

Maʼlum qilinishicha, qutqaruvchilar tomonidan maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida yuk avtomashinasi xandaqdan olib chiqilgan. 

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Shuningdek, 25-may kuni Qamchiq dovonida Gentra haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida xandaqqa tushib ketdi.

Foto: FVV matbuot xizmati

Qutqaruvchilar tomonidan avtomobil xandaqdan olib chiqildi. Avtomobilda haydovchi va 2 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar yo‘q.

Chirchiq shahrida haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida Spark kanalga tushib ketgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvida bo‘lgan Damas ehtiyotsizlik oqibatida Farg‘ona kanaliga tushib ketgani xabar qilingan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar