Daryo

Isroil barcha faol piyoda va zirhli brigadalarini G‘azoga kiritdi 

Yahudiy armiyasi hujumni kuchaytirganidan beri G‘azoda 4 mingga yaqin odam halok bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish9 669 ko‘rishlar0 izoh0

Isroil mudofaa armiyasining barcha muntazam piyoda va zirhli brigadalari G‘azo sektoriga joylashtirildi. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.

Foto: Reuters

Ma‘lum qilinishicha, Isroil HAMASga qarshi hujumni yanada kuchaytirishga tayyorlanmoqda. “Golani”, “Givati”, “Kommandos”, “Kfir” va boshqa brigadalardan tashqari G‘azo sektoriga zaxira bo‘linmalari ham kiritilgan.

Bungacha G‘azoda o‘n minglab harbiylardan iborat beshta diviziya harakat qilayotgandi. 24-may kuni Isroil armiyasi yuzdan ortiq nishonga zarba berilganini ma’lum qilgan.

Harbiylar HAMAS tomonidan foydalanilayotgan infratuzilmalar nishonga olinganini bildirgan. G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi esa Isroilning harakatlari oqibatida 80 dan ortiq odam halok bo‘lganini eʼlon qilgan. Isroil 18-mart kuni hujumni kuchaytirganidan beri sektorda 3747 kishi halok bo‘lgan.

Isroil may oyi o‘rtalaridan beri G‘azodagi garovga olinganlarni ozod qilish va 2023-yil kuzida mamlakatga hujum qilgan HAMASni yo‘q qilish uchun yangi yirik hujum uyushtirmoqda. Bosh vazir Binyamin Netanyaxu Isroil eksklavning butun hududi ustidan harbiy nazorat o‘rnatish niyatida ekanini aytgandi.

G‘azodagi og‘ir gumanitar vaziyat tufayli Yevropa Ittifoqi yahudiy davlati bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishga ruxsat bergan. Britaniya, Kanada va Fransiya esa Isroilga sanksiyalar bilan tahdid qilgandi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar