Daryo

Buyuk britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga keladi

Bu borada ikki tomonlama hamkorlik kelishuvi imzolandi

1 daqiqa o‘qish3 696 ko‘rishlar0 izoh0

Buyuk britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga keladi, deb xabar bermoqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi. 

Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Ma’lum qilinishicha, maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova O‘zbekistonning Londondagi elchixonasida Buyuk Britaniyada tahsil olayotgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi sovrindorlari bilan uchrashdi.

Buyuk Britaniyada ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi hamkorlar bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham tashkil etildi. Tadbir doirasida, VSO (Volunteyers Servicyes Overseas) tashkiloti bilan ikki tomonlama hamkorlik kelishuvi imzolandi. 

Unga ko‘ra, tomonlar O‘zbekistondagi umumta’lim maktablariga xorijdan malakali mutaxassis va volontyorlar, xususan 500 nafardan ortiq Buyuk britaniyalik o‘qituvchilarning jalb qilinishiga kelishib oldi.

Bir necha kun avval O‘zbekiston va Buyuk Britaniya tashqi siyosat idoralari o‘rtasida 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolangan edi. Buyuk Britaniya O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlagan edi. Shuningdek, Buyuk Britaniya konsorsiumi O‘zbekistonda transport va energetika sohalaridagi loyihalarni amalga oshirishi xabar qilingandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar