Daryo

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya hamkorlik dasturi imzolandi 

Londonda tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi

1 daqiqa o‘qish4 214 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya hamkorlik dasturi imzolandi. Bu haqda Baxtiyor Saidov o‘z sahifasida ma’lum qildi. 

Foto: Baxtiyor Saidov / Telegram

Unga ko‘ra, London shahrida tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar izchil rivojlanib borayotganini ta’kidlab, 2025-yilga mo‘ljallangan keng va istiqbolli kun tartibini atroflicha muhokama qildi.

Foto: Baxtiyor Saidov / Telegram

Uchrashuv davomida savdo, investitsiya, madaniy-gumanitar sohalar hamda global chaqiriqlarga qarshi hamkorlikni qamrab olgan yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashildi. Tomonlar o‘zaro farovonlik va barqarorlik yo‘lida umumiy intilishlarini yana bir bor tasdiqladi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston va Buyuk Britaniya tashqi siyosat idoralari o‘rtasida 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi. Uchrashuv iliq va konstruktiv ruhda o‘tdi.

Foto: Baxtiyor Saidov / Telegram

Buyuk Britaniya O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlagan edi. Shuningdek, Buyuk Britaniya konsorsiumi O‘zbekistonda transport va energetika sohalaridagi loyihalarni amalga oshirishi xabar qilingandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar