Daryo

Jahon banki O‘zbekistonga 35 mln dollar imtiyozli kredit ajratdi

Mablag‘ qanday loyihaga yo‘naltirilishi ochiqlandi

1 daqiqa o‘qish9 754 ko‘rishlar0 izoh0

Jahon banki Ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekistonga 35 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi, deb xabar bermoqda bank vakolatxonasi. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, mablag‘lar fuqarolar va xususiy sektorning geofazoviy ma’lumotlardan foydalanishini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish loyihasini amalga oshirishga yo‘naltiriladi. Loyiha davlat xizmatlarini raqamlashtirishni davom ettirishga ko‘maklashadi va butun mamlakat bo‘ylab hududiy rivojlanishga hissa qo‘shadi. 

O‘zbekiston hukumati loyihani birgalikda moliyalashtirish uchun 5,7 million dollar atrofida mablag‘ ajratadi. Loyiha O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan 2025—2030-yillarda amalga oshiriladi.

Jahon banki Ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekistonga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini taqsimlash elektr tarmoqlariga integratsiya qilish va mamlakatning ustuvor hududlarida elektr ta’minoti ishonchliligini oshirishga qaratilgan dasturni amalga oshirish uchun 100 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratishni ma‘qullagan edi. 

O‘zbekistonning Jahon banki bilan loyihalar portfeli 12 mlrd dollardan oshdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar