Daryo

Putin 15-may kun Istanbuldagi muzokaralarda qatnashmaydi 

Zelenskiy shaxsan rus hamkasbini mazkur muzokaralarda kutishini ta’kidlagandi

1 daqiqa o‘qish15 296 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15-may kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadigan tinchlik bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etmaydi. Siyosatchi muzokaralarda qatnashadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi. Bu haqda Kreml xabar berdi.

Foto: AFP

Ro‘yxatga Putin kiritilmagan, delegatsiya rahbari etib Rossiya prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy tayinlangan. U 2022-yilda Ukraina va Rossiya delegatsiyalari uchrashganida Rossiya tomonidan muzokaralar guruhi raisi bo‘lgan edi. Shuningdek, Istanbuldagi muzokaralarda tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin, Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi bosh boshqarmasi boshlig‘i Igor Kostyukov va Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksandr Fomin qatnashadi.

Hujjatda muzokaralar uchun “ekspertlar” ro‘yxati ham ko‘rsatilgan: Rossiya Bosh shtabi axborot boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Zorin; Rossiya prezidentining gumanitar sohadagi davlat siyosati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Yelena Pobereyevskaya, Rossiya Tashqi ishlar vazirligining MDH mamlakatlari ikkinchi departamenti direktori Aleksey Polishuk; Rossiya Mudofaa vazirligining xalqaro harbiy hamkorlik bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Vladimir Shevsov.

Putin 15-may kuni Istanbulda mojaro tomonlari ishtirokida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishni taklif qilgandi. Shundan so‘ng AQSH prezidenti Donald Tramp ukrainalik hamkasbini mazkur muzokaraga rozi bo‘lishga chaqirgandi.

Bunga javoban Ukraina prezidenti muzokaralarda shaxsan Vladimir Putinni kutishini qayd etgan. Kreml muzokaralarda qatnashadigan Rossiya delegatsiyasi tarkibini 14-maygacha oshkor qilmagan. Kremlning sobiq yuqori martabali amaldori muzokaralarda Rossiya nomidan Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ishtirok etishini aytgandi.

Biroq Zelenskiy ofisi vakili Istanbulda Rossiya prezidentidan tashqari boshqa hech bir rus vakili bilan muzokara o‘tkazilmasligini qayd etgan. Prezident devoni rahbari Andrey Yermakning aytishicha, agar Putin Turkiyaga kelishdan bosh tortsa, bu Rossiyaning urushni tugatishni istamasligi haqidagi so‘nggi signal bo‘ladi. Ukraina prezidenti 15-may kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan ham uchrashishni rejalashtirgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar