Daryo

Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakilini qabul qildi

Umumiy qiymati 12 mlrd yevrolik aniq loyihalarni tez fursatda tayyorlashga eʼtibor qaratildi

1 daqiqa o‘qish3 968 ko‘rishlar0 izoh0

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-may kuni Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stipraysni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

YI maxsus vakili Yevrokengash prezidenti Antoniu Koshta va Yevrokomissiya Prezidenti Ursula fon der Lyayenning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

2025-yil aprel oyida Samarqand shahrida o‘tgan "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" birinchi sammitida qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish doirasida ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Investitsiyaviy va moliyaviy-texnik hamkorlik bo‘yicha umumiy qiymati 12 milliard yevrolik aniq loyihalarni tez fursatda tayyorlash va ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.

Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi, shuningdek, bo‘lajak tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar