Daryo

“Manchester Yunayted” yarim asrlik antirekordni qayd etdi

Ingliz klubi APL doirasidagi navbatdagi bahsda “Vest Hem”ga imkoniyatni boy berdi

1 daqiqa o‘qish3 952 ko‘rishlar0 izoh0

“Manchester Yunayted” APL 36-turi doirasida “Old Trafford”da “Vest Xem” klubiga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu “qizil iblislar”ning joriy mavsumdagi 17-mag‘lubiyati bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bu orqali klub 51 yillik antirekordini takrorladi. Ya’ni mankunianliklar yarim asrdan ko‘proq vaqt ichida ilk bor Angliya Premyer Ligasining bir mavsumida 17 ta mag‘lubiyat qayd etdi. So‘nggi mart bunday ko‘rsatkich 1973/74-yillarda kuzatilgan edi.

Shuningdek, “Yunayted” ketma-ket 7 uchrashuvda g‘alaba qozona olmagan holda, 21-asrdagi yana bir noxush ko‘rsatkichga erishdi. Bunday natija so‘nggi bor 1992-yilda qayd etilgan edi.

Hozirda “Manchester Yunayted” 36 o‘yindan so‘ng 39 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida 16-o‘rinda bormoqda. Bu esa klub tarixidagi eng muvaffaqiyatsiz mavsumlardan biri bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar