Daryo

Maykl Kerrik “Manchester Yunayted” tarixiga kirdi

Angliya Premyer Ligasining 28-turidan o‘rin olgan bellashuvda “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Kristal Pelas”dan 2:1 hisobida ustun keldi. Ushbu g‘alaba mankunianliklar bosh murabbiyi Maykl Kerrik uchun tarixiy natija taqdim etdi.

1 daqiqa o‘qish4 141 ko‘rishlar0 izoh4

Angliya Premyer Ligasining 28-turidan o‘rin olgan bellashuvda “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Kristal Pelas”dan 2:1 hisobida ustun keldi. Ushbu g‘alaba mankunianliklar bosh murabbiyi Maykl Kerrik uchun tarixiy natija taqdim etdi.

Squawka nashri xabariga ko‘ra, Maykl Kerrik “Manchester Yunayted” tarixida Angliya chempionati doirasidagi debyut 5 ta uy uchrashuvining barchasida g‘alaba qozongan ilk murabbiyga aylandi. Bunga qadar “qizil iblislar”ni boshqargan hech qaysi mutaxassis “Old Trafford”dagi dastlabki beshta bahsda g‘alaba qozonishni uddalamagan edi. 

Kerrik qo‘l ostida “Manchester Yunayted” o‘z uyida quyidagi jamoalarni mag‘lub etishdi:

  • “Arsenal” — 3:2
  • “Manchester Siti” — 2:0
  • “Fulhem” — 3:2
  • “Tottenhem” — 2:0
  • “Kristal Pelas” — 2:1

Ma’lumot uchun, Maykl Kerrik yanvar oyida “Manchester Yunayted” ustozi etib tayinlandi. “Qizil iblislar” hozirga qadar ushbu mutaxassis qo‘l ostida 7 ta uchrashuv o‘tkazib, 6 g‘alaba va 1 durang qayd etgan. “Kristal Pelas” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng mankunianliklar 51 ochko jamg‘argan holda APL turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Kerrik shogirdlari navbatdagi uchrashuvni 4-mart kuni safarda “Nyukasl Yunayted”ga qarshi o‘tkazadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar