Daryo

Eski tanishlar: Chempionlar Ligasi chorak final juftliklar ma’lum bo‘ldi

Musobaqaning 1/4 final bosqichining dastlabki bahslari 2026-yilning 7-aprel, seshanba kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan.

1 daqiqa o‘qish16 702 ko‘rishlar0 izoh21

UEFA Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichi yakunlanib, chorak finalning barcha ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi. Musobaqaning ushbu bosqichida quyidagi jamoalar o‘z yurishini davom ettiradigan bo‘ldi:

“Barselona” o‘z maydonida “Nyukasl”ni (7:2) tor-mor etgan bo‘lsa, “Liverpul” safardagi mag‘lubiyatdan so‘ng “Enfild”da “Galatasaroy” ustidan yirik g‘alabaga (4:0) erishdi. Shuningdek, “Atletiko Madrid” (“Tottenhem” ustidan) va “Bavariya” (“Atalanta” ustidan) ikki o‘yin natijasiga ko‘ra chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Avvalroq esa “Real Madrid”, “Sporting”, “Arsenal” va “PSJ” klublari kuchli ushbu bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kirishga muvaffaq bo‘lgan edi.

YCHL 2025/26-mavsumi 1/4 final juftliklari:

  • “Sporting” — “Arsenal”
  • “Real Madrid” — “Bavariya”
  • “PSJ” — “Liverpul”
  • “Barselona” — “Atletiko Madrid”

Chorak finalning dastlabki bahslari 2026-yilning 7-aprel, seshanba kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar