Opta superkompyuteri Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalining dastlabki o‘yinlaridan so‘ng jamoalarning musobaqada g‘olib chiqish imkoniyatlarini yangiladi.
Unga ko‘ra, garchi nimchorak finalning ilk o‘yinida durang natija qayd etgan bo‘lsa-da, Londonning “Arsenal” klubi musobaqada g‘alaba qozonish uchun asosiy nomzod bo‘lib turibdi. Superkompyuter “kanonirlar”ning imkoniyatini 27,54 foiz deb baholadi. Myunxenning “Bavariya” klubi 21,37 foiz bilan ikkinchi pog‘onani egallab turgan bo‘lsa, “Barselona” 11,08 foiz bilan kuchli uchlikka yakun yasagan.
Musobaqa tarixida eng ko‘p (15 marta) g‘alaba qozongan Madridning “Real” klubi imkoniyatlari esa 7,96 foiz etib belgilangan.
Dastlabki 1/8 final uchrashuvlaridan so‘ng, Opta talqiniga ko‘ra jamoalarning chempionlik imkoniyatlari quyidagicha taqsimlandi:
- “Arsenal” — 27,54 foiz
- “Bavariya” — 21,37 foiz
- “Barselona” — 11,08 foiz
- “PSJ” — 10,19 foiz
- “Real Madrid” — 7,96 foiz
- “Atletiko Madrid” — 5,97 foiz
- “Liverpul” — 4,61 foiz
- “Nyukasl Yunayted” — 2,39 foiz
- “Manchester Siti” — 2,14 foiz
- “Budyo-Glimt” — 1,86 foiz
- “Bayer” — 1,62 foiz
- “Galatasaroy” — 0,92 foiz
- “Chelsi” — 0,82 foiz
- “Sporting” — 0,45 foizdan kam
- “Tottenhem” — 0,08 foizdan kam
- “Atalanta” — 0 foiz
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumning final bahsi 2026-yil 30-may kuni Budapeshtdagi “Pushkash Arena” stadionida bo‘lib o‘tadi.








