Daryo

“Real” yaqin vaqt ichida yana bir transferni e’lon qilishi mumkin (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda “Bayer” futbolchisi Madridga yetib kelgani haqida video tarqaldi

1 daqiqa o‘qish29 834 ko‘rishlar0 izoh0

Leverkuzenning “Bayer” hamda Ekvador terma jamoasi himoyachisi Pyerro Inkapiye Ispaniyaga yetib keldi. El Chiringuito nashriga ko‘ra, himoyachi Madrid aeroportida ko‘rinish bergan.

Foto: News.cgtn

Manbaga ko‘ra, Inkapiye “Real Madrid”ga o‘tishga juda yaqin turibdi. “Qirollik klubi” Din Xeysen bilan shartnoma imzolagach, yana bir markaziy himoyachi izlayotgani va bu aynan ekvadorlik futbolchi ekanligi haqida xabarlar tarqaldi. 

Qayd etilishicha, Xabi Alonso klub rahbariyatidan mazkur transferni amalga oshirishni so‘ragan. U ancha paytdan beri Inkapiye bilan ishlab kelmoqda. Shu bois uni yangi jamoasida ham ko‘rishni istamoqda. Shuningdek uning asosiy maqsadi —  himoyadagi raqobatni kuchaytirish.

Shartnomada ekvadorlik himoyachining tovon puli 60 million yevro deb belgilangan. Agar “qaymoqranglilar” mazkur xaridni amalga oshirishni istasa, yuqoridagi summani to‘lashi talab etiladi.

Pyerro Inkapiye 2021-yildan beri “Bayer” safida to‘p suradi. U joriy mavsum leverkuzenliklar tarkibida 45 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 2 ta assist yozdirib qo‘ygan. Uning nemis klubi bilan shartnomasi 2029-yilgacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 50 million yevroga baholagan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar