Daryo

“Betis” klubi Instagram sahifasida Vinisiusni “troll” qildi (foto)

Chop etilgan suratda Antoni hamda “Real” futbolchisining 2025-yildagi statistikasi yozilgan bo‘lib, “Oltin to‘p”ga kim munosib, deya izoh qoldirilgan

1 daqiqa o‘qish19 710 ko‘rishlar0 izoh0

Ispaniyaning “Betis” klubi o‘zining Instagram sahifasida “Real” futbolchisi Vinisius Junior va qishda ijara asosida “Manchester Yunayted”dan jamoaga qo‘shilgan Antoni haqida post joyladi. 

Foto: Goal

Ushbu suratda har ikki futbolchining 2025-yildagi statistikasi taqdim etilgan hamda izohiga quydagicha yozib qo‘yilgan:

2025-yil boshidan beri, ya’ni barcha davrlarning eng zo‘r futbolchisi Antoni (G.O.A.T, Great off all time) “Betis” safiga kelgandan so‘ng ikki futbolchi quyidagicha natija qayd etdi. Bizda “Oltin to‘p” uchun bitta da’vogar bor — Antoni, deya izoh qoldirilgan.
Foto: Instagram/Betis

Ma’lumot uchun, Antoni qishki transfer oynasi vaqtida Angliyaning “Manchester Yunayted” klubidan “Betis”ga ijaraga o‘tdi. Uning sevilyaliklar bilan sharnomasi iyun oyida yakuniga yetadi. Futbolchi klub safida 20 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7 gol hamda 4 golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali Antonining qiymatini 20 million yevro etib belgilagan.

Vinisius 2018-yilda “Real” safiga qo‘shilgan bo‘lib, joriy mavsum klub safida 49 uchrashuvda maydonga tushib, 20 gol hamda 14 assit muallifiga aylangan. Transfermarkt portali Vinining narxini 200 million yevroga baholagan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar