Daryo

“Real” argentinalik futbolchi uchun 90 mln yevro to‘lashi mumkin

Madridliklar futbolchining atrofidagi vaziyatni kuzatib turibdi

1 daqiqa o‘qish15 201 ko‘rishlar0 izoh0

Madridning “Real” klubi “Liverpul” futbolchisi Aleksis Makallisterga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Foto: Marca

“Qirollik klubi” rahbariyati Aleksisning o‘yini jamoa uslubiga mos keladi deya o‘ylamoqda.  Shu bois madridliklar futbolchining atrofidagi vaziyatni kuzatib turibdi. Agar imkon topilsa, klub argentinalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib oladi.

Makallisterming transferi qiymati 90 million yevroni tashkil qiladi. Uning “qizillar” bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Joriy mavsumda yarim himoyachi mersisaydliklar safida 44 ta o'yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga oltita gol va to‘rtta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Avvalroq OAVda “Real” “Liverpul”ning boshqa a’zosi — Aleksandr Arnoldni o‘z safiga qo‘shib olmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar