Daryo

“Real Madrid” Kroos va Modrichga munosib o‘rinbosar topdi

Avvalroq madridliklar “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri, “Chelsi” a’zosi Enso Fernandesh va “Arsenal”ning ispaniyalik futbolchisi Martin Zubimendiga qiziqayotgani haqida xabarlar chiqqan edi. Shunga qaramay, Alonso aynan Makallisterni jamoaga olib kelishni maqsad qilgan

1 daqiqa o‘qish10 971 ko‘rishlar0 izoh0

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso yozgi transfer oynasi vaqtida markaziy yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Defensa Central nashrining xabar berishicha, ispaniyalik mutaxassis “Liverpul” futbolchisi Aleksis Makallisterga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Foto: Getty Images

Manbaga ko‘ra, Alonsoga argentinalik futbolchining texnikasi va taktik moslashuvchanligi juda yoqadi. U Makallisterni Kroos va Modrich klubni tark etganidan keyin yarim himoyadagi asosiy figuralardan biriga aylantirish niyatida. Shuningdek, Aleksisning bir nechta pozitsiyada o‘ynay olishi “Real”ning e’tiborini tortgan. Ayniqsa, u Arda Gyuler va Fransko Mastantuono kabi yosh futbolchilar bilan yaxshi tandem hosil qilishi mumkin.

Avvalroq madridliklar “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri, “Chelsi” a’zosi Enso Fernandesh va “Arsenal”ning ispaniyalik futbolchisi Martin Zubimendiga qiziqayotgani haqida xabarlar chiqqan edi. Shunga qaramay, Alonso aynan Makallisterni jamoaga olib kelishni maqsad qilgan.

  • 24 yoshli Makallisterning “Liverpul” bilan tuzgan shartnomasi 2028-yil yozigacha amal qiladi.
  • Transfermarkt portali uning transfer narxini 100 million yevro deb baholagan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar