Daryo

“Real Madrid” 100 mln yevroga futbolchi xarid qilmoqchi

Xabi Alonso Rodrigoning transferidan tushgan pulga “Liverpul” futbolchisini jamoaga olib kelmoqchi

1 daqiqa o‘qish12 187 ko‘rishlar0 izoh0

“Real Madrid” bosh murabbiyi Xabi Alonso yozgi transferlar oynasida “Liverpul” yarim himoyachisi Aleksis Makallisterni jamoaga olib kelmoqchi. Bu haqda Ispaniyaning Fichajes nashri xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Manbaga ko‘ra, Alonso argentinalik yarim himoyachini “Real”ning markaziy chizig‘ini kuchaytirishga ideal nomzod sifatida ko‘rmoqda. Shu sababli “qirollik klubi” rahbariyati murabbiyining iltimosiga binoan Makallister transferini amalga oshirish ustida ish olib bormoqda.

Qayd etilishicha, madridliklar 26 yoshli futbolchi uchun 100 million yevroga yaqin taklif tayyorlamoqda. Agar kerakli futbolchilar, xususan, Rodrigo Goes sotilsa, bu summa miqdori oshirilishi ham mumkin.

Aleksis Makallisterning “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. U o‘tgan mavsum mersisaydliklar safida 49 uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini aynan 100 million yevro deb baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar