Daryo

Bo‘stonliqda 2 yoshli bola jarlikka tushib ketdi

Bola yuqoriga olib chiqilib, sog‘-salomat ota-onasiga topshirilgan

1 daqiqa o‘qish7 445 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida 2 yoshli bola jarlikka tushib ketdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Toshkent viloyati FVBga 10-aprel kuni soat 22:23 larda tumanning “Yakkatut” MFY hududida 2 yoshli bola yo‘qolib qolgani va o‘sha hududdagi jarlikka tushib ketganidan gumonlanib xabar berilgan. 

Olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida bola o‘sha hudud yaqinidagi jarlikning taxminan 25 metr bo‘lgan chuqurligidan topilgan.

Bola yuqoriga olib chiqilib, ota-onasiga sog‘-salomat topshirilgan. Hozirda bolaning ahvoli yaxshi.

27-mart kuni Qashqadaryoda qutqaruvchilar tomonidan lift ichida qulflanib qolgan bolalar sog‘-salomat qutqarilgan edi. 

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar