Daryo

Saloh va van Deyk “Liverpul”da qoladi – insayder

“Trent Aleksander-Arnold esa ”Real“ga o‘tishga yaqin”, deb yozgan Romano

1 daqiqa o‘qish3 538 ko‘rishlar0 izoh0

“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh hamda himoyachi Virjil van Deyk jamoa bilan shartnomani uzaytiradi. Bu haqda taniqli futbol insayderi Fabritsio Romano xabar berdi.

Foto: Getty Images

Taʼkidlanishicha, Saloh yangi shartnoma imzolashga yaqin. Virjil van Deyk bilan ham shartnoma tez orada uzaytirilishi kutilmoqda.

“Trent Aleksander-Arnold esa ”Real“ga o‘tishga yaqin”, – deb yozgan Romano.

Maʼlumot uchun, ayni vaqtda APLda “Liverpul” jamoasi 73 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Eng yaqin taʼqibchisi hisoblangan “Arsenal”dan 11 ochkoga ilgarilab ketgan.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar