Daryo

Saloh “Barselona”ga o‘tishi uchun maoshini kamaytirishi kerak

2024-yil oxirida futbolchi va klub rahbariyati o‘rtasida dastlabki muzokaralar bo‘lib o‘tgan

1 daqiqa o‘qish8 687 ko‘rishlar0 izoh0

“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh joriy mavsum yakunida erkin agentga aylanadi. Hozircha u “Liverpul” bilan yangi shartnoma imzolagani yo‘q.

Ma’lumotlarga ko‘ra, misrlik futbolchi va mersisaydliklar o‘rtasidagi muzokara to‘xtab qolgan.

Diario Sport nashrining xabariga ko‘ra, 2024-yil oxirida Muhammad Saloh va “Barselona” rahbariyati o‘rtasida dastlabki muzokaralar bo‘lib o‘tgan. Biroq bu kelishuv yakuniga yetmay qolgan. Kataloniya klubi rahbariyati Muhammadning o‘yin uslubi “Barselona”ga mos kelishini biladi, lekin uning maoshi transferni amalga oshishini qiyinlashtirishi mumkin.

“Barselona” rahbariyati Salohning Premyer ligadan ketish haqida o‘ylayapti deb taxmin qilmoqda. Agar futbolchi faoliyatini La Ligada davom ettirishni istasa, maoshini sezilarli darajada kamaytirishga rozi bo‘lishi kerak. Aks holda, “Barselona” uchun uning transferini moliyaviy jihatdan amalga oshirishning imkoni bo‘lmaydi.

Saloh Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubidan 1 mavsum uchun 50 mln yevrolik taklif olgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo hozircha hech qanday aniq ma’lumotlar yo‘q. 

Ma’lumot uchun, futbolchi joriy mavsum Angliya chempionati doirasida 29 ta o‘yinda ishtirok etib, 27 ta gol va 17 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar