Daryo

“Liverpul” Muhammad Salohni qo‘yib yubormoqchi emas — manba

Yozda shartnomasi yakuniga yetadigan misrlik futbolchiga Saudiya Arabistonidan takliflar bo‘layotgan edi

1 daqiqa o‘qish7 728 ko‘rishlar0 izoh0

“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh klub bilan shartnomasini uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda El Nacional nashri xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Manbaga ko‘ra, Saloh hali ham Yevropaning eng nufuzli sovrinlari uchun kurasha olaman,deya hisoblamoqda. Shuningdek, bosh murabbiy Arne Slotning unga bo‘lgan ishonchi misrlik futbolchini ketish haqidagi qarorini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilgan.

Shu bilan birga, Saudiya Arabistoni klublari yozda Salohni qo‘lga kiritish harakatini to‘xtatgani yo‘q. Ular unga uch yil uchun 200 million yevrodan ortiq maosh taklif qilishga tayyor.

Hozirda futbolchining shartnomasi 2025-yil 30-iyunga qadar amal qiladi. Shunga qaramay, “Liverpul” uni jamoadan ketishga yo‘l qo‘ymaslik uchun yaxshilangan yangi bitim taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli Saloh joriy mavsumda 36 o‘yinda 28 ta gol va 19 ta golli uzatma qayd etdi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 55 million yevroga baholagan.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar