Daryo

“U qoladi” — “Liverpul” Muhammad Saloh bilan shartnomani uzaytirdi  

Futbolchi klub bilan ikki yillik shartnoma imzolagan

1 daqiqa o‘qish3 849 ko‘rishlar0 izoh0

Angliyaning “Liverpul” klubi misrlik hujumchi Muhammad Saloh bilan shartnomani yana ikki yilga uzaytirdi. Klub bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari orqali ma’lum qildi.

Foto: TRT sport

Muhammad Saloh “Liverpul” bilan shartnomani uzaytirish qarorini quyidagicha izohladi:

Men bu yerda faoliyatimdagi eng yaxshi yillarni o‘tkazdim. Hayotimdan, o‘yinimdan lazzat olyapman. Oilam ham bu yerda o‘zini uyidagidek his qiladi. Har safar “Enfild”da o‘ynaganimda o‘zimni boshqacha his qilaman. Muxlislarning o‘yindan avval kuylaydigan qo‘shig‘i, hissiyotlar — barchasi ajoyib. Bu kabi atmosferani boshqa joydan topish qiyin. Tarix davom etadi.

Ma’lumot uchun, 2017-yilda “Liverpul” safiga qo‘shilgan Saloh ushbu davr mobaynida jamoa bilan Angliya chempionligi, Chempionlar Ligasi, Angliya Kubogi, va Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Joriy mavsum futbolchi barcha musobaqalarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 32 ta gol va 22 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali Salohning qiymatini 55 million yevroga baholagan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar