Daryo

Xitoyda kuchli zilzilalar yuz berishi mumkin

Olimlar yer silkinishlari qo‘shni hududlarga ham ta’sir qilishidan ogohlantirdi

1 daqiqa o‘qish9 600 ko‘rishlar0 izoh0

Xitoy seysmologlari guruhi mamlakatda va unga qo‘shni hududlarda mart oyida Myanmada bo‘lgani kabi kuchli zilzilalar yuz berishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.

Illyustrativ foto: 2024-yil Yaponiyada yuz bergan 7,6 magnitudali zilzila oqibatlari / AP Photo

Pekin zilzilalar agentligi olimlari 8,0 magnitudali kuchli yerosti silkinishlari kuzatilishini prognoz qilmoqda. Tadqiqotchilar 1879-yildan hozirgi kungacha bo‘lgan seysmik faollik ma’lumotlarini tahlil qilib, zilzilalarning oltita asosiy davrini aniqlagan.

Hozirda mintaqa yangi seysmik faol davrning boshlang‘ich bosqichiga kirishi mumkin, deydi mutaxassislar.

Mart oyi oxirida Myanmada maksimal magnitudasi 7,7 bo‘lgan kuchli zilzilalar seriyasi sodir bo‘ldi. Yer silkinishlari Tailand, Xitoy va Vyetnamda ham sezilgan. Myanmada zilzila katta vayronagarchiliklarga olib kelgan: ko‘plab binolarga zarar yetgan. Tabiiy ofat Iravadi daryosi ustidagi ko‘prikning qulashiga va Mandalaydagi tarixiy saroyning qisman vayron bo‘lishiga olib kelgan. Myanma hukumati mamlakatda favqulodda holat e’lon qilgan. Tabiiy ofat oqibatida 3,4 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan. Qurbonlarni qidirish ishlari hali ham davom etmoqda.

Ba’zi idoralar norasmiy qurbonlar sonini 10 ming deb baholamoqda. Qo‘shni Tailandda esa zilzila qurbonlari soni 20 kishidan oshgan, yuzlab binolar vayron bo‘lgan, 72 kishi izsiz yo‘qolgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar