Daryo

Tibetda kuchli zilzila, 30 dan ortiq odam halok bo‘ldi (video)

AQSH Geologiya xizmati 7,1 magnitudali, Xitoy esa 6,8 balli zilzila bo‘lganini ma’lum qildi

1 daqiqa o‘qish14 704 ko‘rishlar0 izoh0

Xitoy tarkibidagi Tibet avtonom hududida kuchli zilzila qayd etildi. Bu haqda Xitoy va AQSH geologiya xizmatlariga tayanib, Al Jazeera xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, zilzila Shigatze shahrida yuz bergan. Uning silkinishlari yuzlab kilometr uzoqlikdagi Nepalda ham sezilgan. Xitoy zilzila tarmoqlari markazi mahalliy vaqt bilan soat 09:05 da 10 km chuqurlikda 6,8 balli zilzilani qayd etgan. AQSH Geologiya xizmati esa zilzila kuchini 7,1 magnituda deb baholagan.

Hodisa oqibatida 32 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda. Qurbonlar soni ortishi mumkin. 6,8 magnitudali zilzila kuchli hisoblanadi va jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Xitoyning janubi-g‘arbiy qismlarida tez-tez zilzila kuzatiladi. 2008-yilda Sichuan provinsiyasida sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida 70 mingga yaqin kishi halok bo‘lgandi.

So‘nggi besh yil ichida Shigatse zilzilasidan 200 km uzoqlikda uch yoki undan ortiq magnitudali 29 ta zilzila qayd etilgan. 2015-yilda qo‘shni Nepaldagi Katmandu yaqinida 7,8 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi, bu mamlakatda kuzatilgan eng dahshatli zilzilada 9000 ga yaqin odam halok bo‘lgan va minglab odamlar jarohatlangan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar