Daryo

AQSHda 7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi (video) 

Kaliforniya va Oregon shtatlarining qirg‘oqbo‘yi aholisiga ogohlantirish yuborildi

1 daqiqa o‘qish22 402 ko‘rishlar0 izoh0

AQSHning Kaliforniya shtati shimolida 7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda AQSH Geologiya xizmati xabar berdi.

Foto: Getty Images

San-Fransisko ko‘rfazi hududida zilzilalar qayd etildi. Kaliforniya va Oregon shtatlarining qirg‘oqbo‘yi aholisiga quyidagicha ogohlantirish yuborildi: “Sizning yaqiningizdagi qirg‘oqqa bir qator kuchli to‘lqinlar va shiddatli oqimlar urilishi mumkin. Siz xavf ostisiz. Qirg‘oq suvlaridan tezda uzoqlashing”.

Geologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila mahalliy vaqt bilan soat 10:44 da (Toshkent vaqti bilan kechasi 23:44 da) yuz bergan, uning episentri Gumbold okrugidan taxminan 10 milya (16 kilometr) janubi-g‘arbda joylashgan.

Zilziladan uch daqiqa o‘tib, Santa-Roza shahri shimolida 5,8 magnitudali silkinish sodir bo‘ldi. 4-dekabr kuni ushbu hududda 4,2 va 4,4 magnitudali silkinishlar qayd etilgandi.

AQSHda kuzatilgan so‘nggi kuchli zilzilalar

2014-yilning yozida Kaliforniyada 6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu o‘sha paytdagi so‘nggi 25 yildagi eng kuchli zilzila edi. Uning episentri Amerika Kanoni shahridan 6 kilometr shimoli-g‘arbda va Napa shahridan 9 kilometr janubda joylashgan.

2019-yil yozida 6,4 magnitudali zilzila Los-Anjelesdan 196 kilometr uzoqlikda qayd etilgan, zilzilalar Las-Vegasda sezilgan. U 1994-yildan beri Kaliforniyaning janubida eng kuchlisi bo‘lgandi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar