Daryo

Venesuelada 6,3 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi (video)

Yer silkinishi Kolumbiyada hamda Karib dengizidagi orollarda ham sezildi. Venesuelada 1997-yildan beri kuchli zilzila qayd etilmagandi.

1 daqiqa o‘qish1 698 ko‘rishlar0 izoh0

Venesuela g‘arbida 25-sentyabr kuni 6,3 magnitudali kuchli zilzila qayd etildi. Bu haqda AQSH geologiya xizmati xabar berdi.

Zilzilaning episentri Men-Grande shahridan 24 kilometr uzoqlikda, 7,8 kilometr chuqurlikda joylashgan. Hozircha jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot berilmagan. Mintaqada sunami xavfi ham e’lon qilinmagan.

Seysmologlar hisob-kitobiga ko‘ra, silkinishlar Venesuela poytaxti Karakasda, shuningdek, Kolumbiyada hamda Karib dengizidagi Aruba, Kyurasaо va Bonayre orollarida ham sezilgan.

“Uyda yurgan edim, birdan oyoqlarim ostidan to‘lqin o‘tganini his qildim va atrofdagi hamma narsa qimirlab ketdi”, deydi Barkisimeto shahrida yashovchi Robert Romero.

​

Venesuela Karib plitasi janubiy chegarasi bo‘ylab joylashgan. Bu hududda Karib va Janubiy Amerika plitalarining murakkab o‘zaro ta’siri tez-tez seysmik faollikka olib keladi. Mamlakatning shimoliy qismi bo‘ylab yirik yoriqlar o‘tgan, ular o‘tmishda kuchli va vayronkor zilzilalarga sabab bo‘lgan. Venesuelada 1997-yildan beri kuchli zilzila qayd etilmagan. O‘shanda sharqdagi Sukre shtatining Kariyaко shahrida 6,9 magnitudali zilzilada 73 kishi halok bo‘lgandi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar