Daryo

“Real” 11 yillik antirekordni yangiladi 

Bu mavsum hakamlar “Real” foydasiga 16 marta penalti belgiladi

1 daqiqa o‘qish12 865 ko‘rishlar0 izoh0

La Liganing 30-turida “Real Madrid” o‘z maydonida “Valensiya”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvning 13-daqiqasida “qirollik klubi” hujumchisi Vinisius Junior penaltini aniq amalga oshira olmadi — uning zarbasini “Valensiya” darvozaboni Georgiy Mamardashvili qaytardi.

Foto: Haber

Bu mavsum hakamlar “Real” foydasiga 16 marta penalti belgiladi. Ammo madridliklar ulardan 11 martasidan aniq foydalangan bo‘lib, 5 bora noaniq zarba yo‘llagan. Bu natija klub uchun 2013/14-yilgi mavsumdan buyon eng yomon ko‘rsatkich bo‘lib turibdi. O‘sha mavsumda madridliklar La Ligani uchinchi o‘rinda yakunlagan, biroq Ispaniya Kubogi va Chempionlar Ligasini qo‘lga kiritgan edi.

Ayni paytda “Real Madrid” La Liga turnir jadvalida 63 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Birinchi o‘rindagi “Barselona” hisobida 67 ochko mavjud.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar