Daryo

“Real” futbolchisi Vinisius 12 ta o‘yinga chetlatilishi mumkin

“Valensiya”ga qarshi uchrashuvda braziliyalik futbolchi darvozabonga nisbatan qo‘pollik qilgani uchun maydondan chetlatilgan edi

1 daqiqa o‘qish21 822 ko‘rishlar0 izoh0

Madridning “Real” klubining braziliyalik hujumchisi Vinisius Junior Ispaniya La Ligasining 12-turida “Valensiya”ga qarshi o‘yinda qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi.

Mundo Deportivo’ning xabariga ko‘ra, futbolchini katta ehtimol bilan to‘rt o‘yinga diskvalifikatsiya qilinadi. Shunday bo‘lgan taqdirda, Vinisius Ispaniya Superkubogi yarim finali doirasidagi “Malyorka”ga qarshi o‘yinni va “Barselona” yoki Bilbaoning “Atletik” klubi bilan bo‘ladigan ehtimoliy finalni ham o‘tkazib yuborishi mumkin.

Ma’lum qilinishicha, Ispaniya chempionati reglamentiga ko‘ra, to‘p uchun kurashga urinishlarsiz agressiv xatti-harakatlar qilgani uchun futbolchi 4 tadan 12 tagacha o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

Ma’lumot uchun, “Real” 19 o‘yindan so‘ng 43 ochko bilan La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Kecha, 3-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinda “Real” klubi avvaliga 1:0 hisobida ortda borayotgandi. “Valensiya” vakili Duro 27-daqiqada hisobni ochdi. 85-daqiqada Modrich hisobni tenglashtirdi. Bellingemning 90+5-daqiqada urgan goli “qirollik klubi”ning g‘alabasini ta’minladi.

Uchrashuvning 79-daqiqasida Vinisius maydondan chetlatildi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar