Daryo

Mark Ryutte: “Rossiya — NATO uchun tahdid”

Avvalroq NATO bosh kotibi Rossiya alyansning biror davlatiga hujum qilsa, “qaqshatqich javob” berilishidan ogohlantirgandi

1 daqiqa o‘qish9 094 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiya Shimoliy Atlantika ittifoqi uchun uzoq vaqt tahdid bo‘lib qoladi.

Bu haqda NATO bosh kotibi Mark Ryutte Shimoliy Atlantika alyansi shtab-kvartirasida tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Foto: Report.az

“Bu mutlaqo aniq haqiqat: NATO uchun Rossiya uzoq muddatli tahdid, garchi Ukraina bilan mojaro tugasa ham. Rossiyaga nisbatan hamisha hushyor bo‘lish kerak”, dedi u.

Avvalroq NATO bosh kotibi Rossiya alyansning biror davlatiga hujum qilsa, “qaqshatqich javob” berilishidan ogohlantirgandi. 

Agar kimdir xatoga yo‘l qo‘yib, Polsha yoki boshqa ittifoqchilarimizdan biriga hujum jazosiz qoladi deb o‘ylasa, u ittifoqning butun qudratiga to‘qnash keladi. Bizning javobimiz qaqshatqich bo‘ladi. Bu Vladimir Putin va bizga hujum qilishga qaror qilganlarning barchasi uchun aniq bo‘lishi kerak, dedi Ryutte.

U ushbu bayonotni Varshavada Polsha bosh vaziri Donald Tusk bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida berdi. Ryutte, shuningdek, AQSHning NATO nizomining 5-moddasida belgilangan kollektiv xavfsizlik kafolatlariga sodiqligiga to‘liq ishonch bildirdi.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar