Daryo

NATO bosh kotibi Donald Tramp bilan uchrashdi

Tomonlar “alyans oldida turgan global xavfsizlik masalalarini” muhokama qildilar, deb xabar berdi NATO matbuot kotibi

1 daqiqa o‘qish10 380 ko‘rishlar0 izoh0

NATO bosh kotibi Mark Ryutte AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp bilan ilk uchrashuvini o‘tkazdi. Bu haqda alyans matbuot kotibi ma’lum qildi, deya xabar beradi AFP.

Uchrashuv kecha, 22-noyabr kuni Trampning Floridadagi qarorgohida bo‘lib o‘tdi. Tomonlar “alyans oldida turgan global xavfsizlik masalalarini” muhokama qildilar, dedi matbuot kotibi. Trampning o‘zi uchrashuv haqida hozircha izoh bermadi.

Foto: Reuters

Washington Post gazetasi NATO bosh kotibi Donald Tramp bilan Rossiya-Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilish strategiyasini muhokama qilishini yozdi.

The Wall Street Journal nashrining yozishicha, AQShning yangi prezidentining maslahatchilari front chizig‘i bo‘ylab qurolsizlantirilgan hudud yaratish orqali jangovar harakatlarni tugatishni taklif qilmoqda. Kreml mojaroni muzlatishdan bosh tortdi.

Avvalroq Yevropa ittifoqi va NATO AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp yanvar oyida prezidentlikka kirishishi bilan unga qarshi turish uchun hamkorlikni kuchaytirishi xabar qilingandi.

Foto: Reuters

Fransiyaning Le Monde nashrining ta’kidlashicha, Yevropa ittifoqi va NATO “endi ortga qarashni istamayapti va xavfsizlikni mustahkamlash uchun birdamlik hamda hamkorlik qiyofasini yaratishga intilmoqda”.

“YI va NATO bir qator masalalarga, jumladan, harbiy harakatchanlik, yo‘l qoplamalari, texnikalar harakatlanishi uchun ko‘priklar va tunnellarni mustahkamlash, shuningdek, kibertahdidlar va diversiyaga qarshi kurashish bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirishga ko‘proq e’tibor qaratish niyatida”, deb yozadi nashr.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar