Daryo

Farg‘onadagi avtohalokatda Damas ikkiga bo‘linib ketdi (video)

Shifokor shifoxonaga ikki murda bilan bir bemor olib kelinganini aytmoqda

1 daqiqa o‘qish10 770 ko‘rishlar0 izoh0

Farg‘ona viloyati Furqat tumanida sodir bo‘lgan avtohalokatda Damas ikkiga bo‘linib ketdi. Bu haqda Renessans TV telekanalining “Ovoza” dasturida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, Furqat tumanida harakatlanib borayotgan Damas rusumli avtomobil haydovchisi oraliq masofani saqlay olmasdan yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. YTH oqibatida Damas avtomobiliga jiddiy texnik zarar yetgan. Shuningdek, avtomashina ichida bo‘lgan haydovchi va yo‘lovchilar tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.

Shifokor shifoxonaga 2 murda bilan bir bemor olib kelinganini aytmoqda. Hozirda bemorning ham ahvoli og‘ir. U o‘ziga kelgach Qo‘qonga reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan. 

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Mart oyida sodir bo‘lgan YTHlar

Jizzaxda 13-mart kuni rulda uxlab qolgan Matiz haydovchisi yuk mashinasiga urilishi oqibatida halok bo‘lgandi. 12-mart kuni Toshkentda daraxtga urilgan Lacetti pachaqlanib ketdi. 7-mart kuni Navoiyda Damas va Cobalt to‘qnashishi oqibatida bir kishi jarohatlandi. 17-mart kuni soat 06:30 larda Toshkent—Bekobod avtomobil yo‘lida harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi (dastlabki ma’lumotga ko‘ra haydovchisi uxlab qolishi natijasida) qarama qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Isuzu avtomobili bilan to‘qnashgan.

Shuningdek, Toshkentda Lexus haydovchisi katta tezlikda kelib, yo‘l chetida turgan mashina va qariyani urib yuborgandi. 

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar