Daryo

Yevrokomissiya Samarqandda o‘tkaziladigan sammitni AQSH tariflariga javoblardan biri deb baholadi 

“Bizning AQSH tariflariga javob strategiyamizning tarkibiy qismi savdoni xilma-xillashtirish bo‘ladi”, deydi Ursula fon der Lyayen

1 daqiqa o‘qish8 600 ko‘rishlar0 izoh0

Yevrokomissiya 4-aprel kuni O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan “Yevropa ittifoqi—Markaziy Osiyo” sammitini Yevropa ittifoqining chet el hamkorlari bilan savdo aloqalarini xilma-xillashtirish strategiyasi doirasida AQSH bojxona to‘lovlariga Yevropaning javobi elementlaridan biri sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Strasburgdagi Yevroparlament sessiyasida ma’lum qilgan.

Foto: EPA

“Bizning (AQSH tariflariga javob) strategiyamizning tarkibiy qismi savdoni xilma-xillashtirish bo‘ladi. Savdo biznes bor joyga yo‘naladi. Yevropa allaqachon 76 ta mamlakat bilan savdo bitimlariga ega va Yevropa ittifoqi bu tarmog‘ini kengaytirmoqda. 

Yevropa kengashi raisi Antoniu Koshta va men shu hafta oxirida Samarqandga, Yevropa ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi ilk tarixiy sammitga yo‘l olamiz”, dedi u.

Avvalroq Yevropa ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas Rossiyaga qarshi sanksiyalar Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiyotiga zarar yetkazayotgan bo‘lsa-da, ularni bu mintaqa orqali chetlab o‘tishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini bildirgandi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar