Daryo

Yevrokomissiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 19-paketini ma’qulladi

Yevrokomissiya sanksiyalarni tayyorlash jarayonida Rossiya banklari va energetika sohalariga qarshi cheklovlar kiritilishi mumkinligini bildirgandi. Komissiya rahbari Ursula fon der Lyayen 19-sentyabr kuni cheklovlarning aniq mazmunini ochiqlashi kutilmoqda.

1 daqiqa o‘qish739 ko‘rishlar0 izoh1

Yevropa komissiyasi Ukrainaga bostirib kirgani uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 19-paketini qabul qildi. Bu haqda komissiyaning matbuot kotibi Paula Pinyo xabar berdi.

The Guardian nashrining yozishicha, Rossiyaga nisbatan qo‘llanayotgan yangi cheklovlar nimani o‘z ichiga olishi hozircha ma’lum emas. Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen va Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha rahbari Kaya Kallas 19-sentyabr kuni sanksiyalarning tafsilotini e’lon qiladi.

Politico nashri 17-sentyabr kuni Yevropa Ittifoqi Rossiyaga yangi cheklovlarni ma’qullashi mumkinligini yozgandi. Biroq muddat keyinga surilgan.

Yevropa Ittifoqi cheklovlar paketini tayyorlayotganda Rossiya banklari va energetika kompaniyalariga qarshi choralar qo‘llanishini bildirgandi. Shuningdek, Italiyaning ANSA agentligi rossiyaliklar uchun Yevropa vizasini qat’iylashtirish masalasi ham muhokama qilinganini yozdi.

AQSH prezidenti Donald Tramp ham Vladimir Putinning harakatlarini tanqid qilayotgan bo‘lsa-da, Yevropaning Rossiyaga bosim va sanksiyalarni kuchaytirish siyosatini qo‘llab-quvvatlamagan. Tramp G7 (Katta yettilik) davlatlari, NATO va Yevropa Ittifoqidan Rossiya neftini sotib olayotgan Xitoy va Hindistonga bojlarni 50 foizdan 100 foizgacha oshirishni talab qilmoqda. Diplomatlar Trampning talabini bajarish imkonsizligini ta’kidlab, bu harakatlarni vaqtni cho‘zish va urushning davom etishida Yevropani ayblashga urinish sifatida baholagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar