Daryo

“Markaziy Osiyo—Yevropa ittifoqi” sammitida kimlar qatnashishi maʼlum qilindi 

Sammit Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkaziladi

1 daqiqa o‘qish23 596 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqand shahrida 3—4-aprel kunlari “Markaziy Osiyo—Yevropa ittifoqi” birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Maʼlum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan sammit ishida Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta, Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen, Qozog‘iston respublikasi prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ishtirok etadi.

3—4-aprel kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo—Yevropa ittifoqi” birinchi sammiti nafaqat mintaqaviy, balki global siyosiy va iqtisodiy jarayonlar uchun muhim voqelikdir. Mazkur sammit Yevropa ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichini boshlab beradi.

Mazkur tadbir nafaqat rasmiy muloqotlar, balki aniq rejalar, sheriklik mexanizmlari va yangi loyihalarni amalga oshirishdagi “yo‘l xaritasi”ni shakllantirish uchun muhim platformadir.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar