Daryo

O‘zbekiston va Tojikiston ittifoqdosh davlatlarga aylandi

Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma kuchga kirdi

1 daqiqa o‘qish14 053 ko‘rishlar1 izoh0

O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma kuchga kirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Xo‘jand shahriga kelgach, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon huzurida tashqi siyosat idoralari rahbarlari O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomaning kuchga kirishi haqidagi bayonnomani imzoladi va ratifikatsiya yorliqlarini almashdi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shartnoma o‘tgan yili 18-aprel kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi ikki tomonlama sammitda imzolangan edi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Hujjat ratifikatsiya yorliqlari almashilgan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 31-mart kuni Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Xo‘jand shahriga yetib bordi. Aeroportda davlat rahbarini Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi. O‘zbekiston rahbarining tashrifi sharafiga davlat bayroqlari ko‘tarildi. Milliy kuy-qo‘shiq va raqslar ijro etildi.

Bugun, shuningdek, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnomani imzolash rejalashtirilgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar