Daryo

Germaniya Ukraina energetikasini tiklash uchun 7,27 mln yevro ajratdi

Mablag‘lar 2022-yilda hamjamiyat doirasida tashkil etilgan Ukraina energetikasini qo‘llab-quvvatlash xalqaro jamg‘armasiga o‘tkaziladi

1 daqiqa o‘qish3 399 ko‘rishlar0 izoh0

Germaniya Iqtisodiyot va iqlimni muhofaza qilish vazirligi Ukraina energetikasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga qo‘shimcha 7,27 million yevro ajratdi. Bu haqda vazirlik saytiga joylangan bayonotda ma’lum qilindi.

Foto: shutterstock.com

Germaniya Federativ Respublikasi Iqtisodiyot va iqlimni muhofaza qilish vazirligi Yevropa energetika hamjamiyati tasarrufiga Ukraina energetika infratuzilmasini tiklash uchun qo‘shimcha 7,27 million yevro taqdim etadi. Mablag‘lar 2022-yilda hamjamiyat doirasida tashkil etilgan Ukraina energetikasini qo‘llab-quvvatlash xalqaro jamg‘armasiga o‘tkaziladi, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Germaniya jamg‘arma faoliyatiga eng katta moliyaviy hissa qo‘shmoqda. U 2022-yildan buyon jamg‘armaga 390 million yevrodan ortiq mablag‘ o‘tkazgan.

Vazir Robert Xabekning aytishicha, Germaniya ukrainaliklarni qat’iyat bilan qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. 

“Rossiyaning Ukraina fuqarolik va energetika infratuzilmasiga qarshi hujumlari hamon to‘xtovsiz davom etmoqda. Bu hujumlar Ukraina tinch aholisiga jiddiy zarar yetkazmoqda. Germaniya davom etayotgan favqulodda vaziyatga javoban Energetika hamjamiyatining Ukraina energetikasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga yana bir bor hissa qo‘shmoqda. Beqaror vaqtlarda biz ukrainalik hamkorlarimizni qat’iyat bilan qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz”, deydi Robert Xabek.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar