Daryo

“Barselona” “El-Klasiko” oldidan o‘z muxlislari noroziligiga uchradi

Klub muxlislari jamoaning “Real”ga katta foyda keltirgan qo‘shiqchi bilan hamkorlik qilishga qarshi

1 daqiqa o‘qish30 007 ko‘rishlar0 izoh0

“Barselona” futbol klubi “Real Madrid”ga qarshi navbatdagi “El-Klasiko” uchrashuvida jamoa futbolkalariga amerikalik mashhur qo‘shiqchi Teylor Sviftning logotipini joylashtirishni rejalashtirmoqda.

Foto: Dzen

RAC1 nashrining xabariga ko‘ra, tomonlar hali rasmiy shartnoma imzolamagan, ammo muzokaralar so‘nggi bosqichga yetib kelgan.

Avvalroq klubning Spotify bilan hamkorligi doirasida “ko‘k-anorranglilar” libosida Coldplay, The Rolling Stones va Drake logotiplari joylashtirilgan edi.

Biroq, ushbu qaror klub muxlislari orasida norozilikka sabab bo‘lmoqda. Sababi, Svift yaqinda “Real”ning uy stadioni “Santyago Bernabeu” konsert berib, klubga 9 million yevrodan ortiq daromad keltirgan. Shu bois “Barselona” muxlislari o‘z jamoasini bu rejadan voz kechishga chaqirmoqda.

Klub Teylor Svift bilan bir qatorda Ed Sheeran va Trevis Skott variantlarini ham ko‘rib chiqqan, ammo aynan Svift asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda. Manbada Spotify bilan shartnoma deyarli yakunlanganligi sababli klub bu qarordan qaytishi dargumon ekanligi aytilmoqda.

Foto: Dzen

“El-Klasiko” may oyida bo‘lib o‘tadi va bu bahs chempionlik uchun hal qiluvchi o‘yin bo‘lishi mumkin. Hozirda “Barselona” va “Real Madrid” 60 ochkodan jamg‘argan holda turnir jadvalining yuqori pog‘onasida bormoqda, biroq Hansi Flik shogirdlari raqibdan bitta kam o‘yin o‘tkazgan.

Teylor Svift ketma-ket ikkinchi yil Spotify platformasida eng mashhur ijodkor bo‘ldi, uning qo‘shiqlari 2024 yilda 26,6 milliard martadan ortiq tinglangan. “Barselona”ning bunday qarori marketing jihatdan katta ahamiyat kasb etishi va mavsumning eng muhim o‘yinlaridan biri oldidan jamoaga tijoriy foyda keltirishi mumkin.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar