Daryo

Ramazon hayitida Toshkent metrosi 1 soat vaqtliroq ish boshlaydi

Bayram munosabati bilan belgilangan qo‘shimcha dam olish kunida metro poyezdlari intervali yakshanba kuni uchun tasdiqlangan grafik asosida harakatlanadi

1 daqiqa o‘qish7 248 ko‘rishlar0 izoh0

Ramazon hayiti kunida Toshkentda metro poyezdlari harakati soat 04:00 dan boshlanadi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Metropoliten matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 30-mart kuni metro poyezdlari harakati odatdagidan 1 soat oldin, ya’ni soat 04:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi va poyezdlar harakati intervali shanba kuni uchun belgilangan jadval asosida tashkil etiladi.

Shuningdek, bayram munosabati bilan belgilangan qo‘shimcha dam olish kunida (31-mart) metro poyezdlari intervali yakshanba kuni uchun tasdiqlangan grafik asosida soat 05:00 dan harakatlanadi.

O‘zbekistonda ramazon oyi 1-martdan boshlangandi. 2025-yilgi Ramazon hayiti 30-mart kuni nishonlanishi 26-mart kuni e’lon qilindi. Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi Ramazon hayitining birinchi kuni 2025-yilda yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 31-mart — dushanba kuniga ko‘chiriladi.

Bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko‘rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to‘xtatib qo‘yish mumkin bo‘lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko‘chirilmaydi.

2024-yilda Ramazon hayiti 10-aprelga to‘g‘ri kelgandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar