Daryo

Rossiya urushda nishonga olinmaydigan obyektlarni ma’lum qildi

Moratoriy buzilsa, Rossiya o‘zini unga rioya qilish majburiyatlaridan ozod deb hisoblaydi

1 daqiqa o‘qish27 450 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH bilan kelishuvdan so‘ng Rossiya energetika tizimiga zarba berishga vaqtinchalik moratoriy qo‘llanadigan obyektlari ro‘yxatini tadqim etdi. Moratoriy buzilgan taqdirda, Rossiya o‘zini unga rioya qilish majburiyatlaridan ozod deb hisoblashini ma’lum qildi.

Foto: Freepik

Ro‘yxatga quyidagilar kiritilgan:

  • neftni qayta ishlash korxonalari;
  • neft, gaz quvurlari va omborxonalar, shu jumladan, nasos stansiyalari;
  • elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi va uzatuvchi infratuzilma, shu jumladan, elektr stansiyalari, podstansiyalar, transformatorlar va taqsimlagichlar;
  • atom elektr stansiyalari;
  • gidroelektrostansiyalar to‘g‘onlari.

Vaqtinchalik moratoriy 2025-yil 18-martdan boshlab 30 kun davomida amal qiladi va tomonlarning kelishuviga ko‘ra uzaytirilishi mumkin. Qaror Moskva va Vashington delegatsiyalarining Ar-Riyodda (Saudiya Arabistoni) bo‘lib o‘tgan muzokaralari yakunlari bo‘yicha qabul qilingan.

Ular 12 soat davom etgan va 24-mart kuni kechqurun yakunlangan. Xuddi shunday formulirovka Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan AQSH-Ukraina muzokaralari natijasida ham kelishib olingan. Xususan, tomonlar Qora dengizda xavfsiz kema qatnovini ta’minlashga kelishgan.

18-mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tgan telefon orqali suhbatda uning Rossiya va Ukrainaning energetika obyektlariga zarba berishdan vaqtinchalik voz kechish taklifini ma’qullagan edi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, o‘z navbatida, energetika obyektlariga zarbalarni o‘zaro to‘xtatishga rozi bo‘ldi. Shu bilan birga, u bunday obyektlarga hujumlar tiklansa, Kiyev rossiyaliklarning zarbalariga munosib javob berishini ta’kidladi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar